Jamiyat | 20:30 / 07.09.2020
7808
2 daqiqa o‘qiladi

«Asaka» bank Boshqaruv raisi yosh xodimlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi

«Asaka» bank Boshqaruv raisi Nodirbek Saydullayevning bankning yosh xodimlari bilan onlayn uchrashuvining asosiy maqsadlaridan biri yoshlarning bank tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlarga e'tiborini kuchaytirish va ular bilan norasmiy sharoitda muloqot qilish bo‘ldi.

Unda bankning hududiy filiallaridan 100 dan ortiq yosh xodimlar ishtirok etishdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yosh avlod vakillari nafaqat o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar, balki bank rivojiga xissa qo‘shadigan innovatsion takliflarini ham bildirdilar.

Ta'kidlash joizki, bank tomonidan yosh kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda, xodimlarning chet tillarini o‘rganish istagi qo‘llab-quvvatlanmoqda va muntazam ravishda chet ellik mutaxassislar ishtirokida o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.

Bank tizimida yosh mutaxassislar soni oshib bormoqda. Bugungi kunda tizimda 2300 dan ortiq mutaxassis ishlaydi, ularning 500dan ortig‘i yoshlar tashkil etadi.

Qizg‘in muhitda o‘tgan uchrashuv yangi takliflar va qiziqarli muhokamalar bilan yakunlandi. Qatnashchilar nafaqat taklif va tajribalar bilan almashdilar, balki kelajakda yangi g‘oyalarni amalga oshirish uchun motivatsiya oldilar.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid