O‘zbekiston | 13:03 / 07.09.2020
19346
4 daqiqa o‘qiladi

Mehnat daftarchalari yuritish tizimi to‘liq raqamlashtirildi

2020 yil 1 yanvardan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (Yagona milliy mehnat tizimi) to‘liq joriy qilindi.

Yagona milliy mehnat tizimida ish beruvchi va xodimlar o‘rtasida tuziladigan mehnat shartnomalarini ro‘yxatga olish, xodimning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi barcha ma'lumotlarni o‘z ichiga oluvchi mehnat daftarini shakllantirish jarayoni to‘liq raqamlashtirildi.

Yagona milliy mehnat tizimi fuqarolarga ish joyi, daromadi, mehnat staji to‘g‘risidagi ma'lumotlarni onlayn tarzda olish imkonini beradi hamda pensiyani rasmiylashtirishda 2020 yildan keyingi davrlar uchun davlat idoralaridan hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Yagona milliy mehnat tizimidan foydalanish ko‘nikmalarini va ishlash tartibini tushuntirish uchun 3,2 mingta seminar tashkil etilib, ularda

106,5 mingta ish beruvchi, shu jumladan 59,3 ming nafar xususiy korxonalarning mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Davlat personallashtirish markazi;

  • Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi;
  • Oliy attestatsiya komissiyasi;
  • Davlat soliq qo‘mitasi;
  • Ichki ishlar vazirligi;
  • Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi ma'lumotlar bazasi

Yagona milliy mehnat tizimiga integratsiya qilindi.

Natijada, Yagona milliy mehnat tizimida soliq to‘lovchi jismoniy shaxs, jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga to‘langan badallar, ish beruvchilarning shtat jadvali va vakansiya ish o‘rinlari, xodimlarning oliy ma'lumoti to‘g‘risidagi va boshqa ma'lumotlar aks ettirilishi ta'minlandi. Yagona milliy mehnat tizimi orqali respublika miqyosida jamlanayotgan ma'lumotlar avtomatlashtirilgan yopiq Kadrlar tizimi tomonidan tahlil qilinishi hamda unda maxsus lavozimlarga nomzodlarga aloqador shaxsiy axborotlarni shakllantirish imkoniyati yaratildi.

Tizimda foydalanuvchi o‘ziga tegishli bo‘lgan ma'lumotlardan qulay va to‘siqlarsiz bepul foydalanishi uchun har bir ish beruvchi va ishlovchi xodimga alohida personal kabinet ochildi. Shuningdek, xodimlar uchun ularning shaxsiy kabinetlarida elektron mehnat daftari shakllantirildi va uni mustaqil chop etish imkoni berildi.

THaVmMEWb4hNjBwAkqt9FWvUiiPLVjXs.png (1280×720)

Bugungi kunda Yagona milliy mehnat tizimida 463,7 ming ish beruvchi vazirlik, tashkilot, tijorat banklari va korxonalar hamda ularning 4,6 million nafar xodimlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar kiritilib, elektron baza shakllantirildi.

Yagona milliy mehnat tizimi mehnat munosabatlarining raqamlashtirilgani yaratilayotgan ish o‘rinlari va vakansiyalarning avtomatlashtirilgan hisobini yuritish, mehnat huquqlariga rioya etilishini masofadan nazorat qilish imkonini berdi. Jumladan, tizimda 4,8 milliondan ortiq ish o‘rnlarini yaratilishi natijasida ish beruvchida mavjud bo‘lgan

142,4 mingdan ziyod vakant ish o‘rinlari borligi aniqlandi.

Shuningdek, tizim mehnat bozori holatini tahlil qilish va prognozlashtirish, tarmoqlar, hududlar va davrlar bo‘yicha kasblarga ehtiyojni aniqlash, ishsizlik, rasmiy va norasmiy sektor ko‘rsatkichlarini chuqur tahlil qilish imkonini bermoqda.

Ayniqsa, Yagona milliy mehnat tizimi mehnat bozorining, hududlar, jins va yosh omillari, sohalar va mutaxassisliklar kesimida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifning rivojlanish tendensiyalari prognozini shakllantirish uchun muhim instrumentga aylanmoqda.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va tasarrufiy tizim tashkilotlari Yagona milliy mehnat tizimida ishlovchi barcha ish beruvchilar va ularning mas'ullari tomonidan har bir ishlovchi xodim ma'lumotlarini dasturga kiritilishini hamda mehnat bozorida faol qatnashishini ta'minlash, bo‘sh ish o‘rinlarini oshkora dasturga joylashtirish bo‘yicha tizimli monitoring va doimiy nazorat ishlarini olib boradi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi matbuot xizmati

Mavzuga oid