Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TDYuUda bo‘lajak notariuslar klubi tashkil etiladi
7 sentabr kuni Toshkent davlat yuridik universiteti va O‘zbekiston Notarial palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.
“Notarial palata bilan aynan shu yo‘nalishda hamkorlik qilishga kelishib oldik. 2020 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoniga muvofiq, ta'lim jarayoniga zamonaviy yondashuv va texnologiyalarni joriy etyapmiz. Bunday yangilanishlar universitetda tayyorlanayotgan yuridik kadrlarning sifat-saviyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishiga ishonaman”, deya ta'kidlagan TDYuU rektori Rahimjon Hakimov.
Universitet axborot xizmatining ma'lum qilishicha, hamkorlik memorandumi asosida TDYuU talabalariga palata markaziy apparati va hududiy bo‘linmalarida amaliyot o‘tash imkoniyati berilmoqda. Qolaversa, ularning notariat xizmatiga doir bilimini takomillashtirish maqsadida “Bo‘lajak notariuslar klubi”ni tashkil etish ko‘zda tutilgan. Istiqbolli bitiruvchilar esa tashkilotda ishga olib qolinishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
19:23 / 23.12.2024
TDYuU joylashgan tarixiy bino eshiklarini beruxsat almashtirgan xodim jarimaga tortildi
15:20 / 19.09.2024
“Yuridik universitetga 4 ball yetmadi, shunda ham 317 mln so‘m to‘lashim kerak ekan” - Super kontraktda nima o‘zgardi?
14:00 / 25.07.2024
“Abituriyentlarga huquq fanidan tushgan savollar ishchi guruh tuzib o‘rganib chiqiladi” - TDYuU rektori
18:24 / 23.07.2024