Jamiyat | 11:37 / 13.09.2020
14137
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzax shahridagi o‘qituvchilardan 52 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan

Jizzax shahridagi umumta'lim maktablari o‘qituvchilarining COVID-19 bo‘yicha topshirgan test natijalariga ko‘ra 52 nafar pedagog xodimlarida infeksiya aniqlangan.Bu haqda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining X sessiyasida aytib o‘tilgan.

Ma'lum qilinishicha, kasallangan o‘qituvchilar ayni damda tegishli tartibda davolanmoqda.

Sessiyada deputatlar shahardagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarida 2020 – 2021 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalasini ko‘rib chiqishdi. Unda Jizzax shahar xalq ta'limi bo‘limi mudiri Baxtiyor Sharipovning axboroti tinglandi.

Deputatlar 14 sentyabrdan shahardagi 10ta maktab rasman, qolganlari bosqichma-bosqich 30 sentyabrgacha faoliyat boshlashi to‘g‘risida qaror qabul qilishdi.

Shuningdek, shahardagi 6ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari (bog‘chalar) 14 sentyabrdan faoliyatini boshlashi ma'lum qilingan.

Mavzuga oid