Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maykl Blumberg Bayden shtabiga kamida 100 million dollar o‘tkazadi
Blumberg ajratgan mablag‘ning bir qismi ingliz va ispan tillaridagi televizion reklamaga, yana bir qismi Floridadagi saylov kampaniyasi doirasidagi mavjud loyihalarni moliyalashtirishga sarflanadi.
Nyu-York sobiq meri, milliarder Maykl Blumberg AQSh demokratik partiyasidan nomzod Jo Baydenning saylov kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash uchun kamida 100 million dollar o‘tkazadi. Bu haqda Blumbergning maslahatchisi Kevin Shiki The Washington Post gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Bunda Blumberg ajratgan mablag‘ning bir qismi ingliz va ispan tillaridagi televizion reklamaga, yana bir qismi Floridadagi saylov kampaniyasi doirasidagi mavjud loyihalarni moliyalashtirishga sarflanadi.
Florida prezident saylovi natijasini hal qiluvchi ikkilanib turgan shtatlardan biri hisoblanadi. To‘rt yil avval bu shtatda respublikachilar nomzodi Donald Tramp g‘alaba qozongandi. Saylovoldi so‘ovnomasi natijalariga ko‘ra, hozirda Floridada Bayden Trampdan bir oz oldinroqda bormoqda.
AQShda prezident saylovi 3 noyabrda o‘tkaziladi. Unda 35 yildan ortiq Delaver shtati senatori hamda Barak Obama ma'muriyatida vitse-prezident bo‘lgan Jo Bayden amaldagi prezident Donald Trampga raqib bo‘ladi. Bayden g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, inauguratsiya paytida uning yoshi 78da bo‘ladi va u AQSh tarixidagi eng keksa prezidentga aylanadi.
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi
09:57 / 19.05.2025
Tramp saraton kasalligi aniqlangan Baydenni qo‘llab-quvvatladi
08:24 / 19.05.2025