Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samaradan 938 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi
Olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.
Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidan olib kelish uchun “Toshkent–Kinel–Toshkent” temir yo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.
Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 14 sentabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 938 nafar fuqaro bilan “Kinel” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan.
Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur poyezd kecha, 16 sentabr kuni kechqurun Toshkent Janubiy vokzaliga yetib keldi.
Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.
Mavzuga oid
13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi
11:50 / 12.04.2024
O‘zbekiston elchisi Samara viloyatida YTHda jabrlanganlardan xabar oldi
07:15 / 09.04.2024
Samaradagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohat oldi
07:30 / 08.04.2024