O‘zbekiston | 12:19 / 19.09.2020
5908
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Tojikistonga salkam 14 mln dollarlik qurilish mollari eksport qildi

O‘zbekiston va Tojikiston. Urf-odatlari, madaniyati bir-biriga yaqin bo‘lgan, qo‘shni, chegaradosh davlatlar hisoblanadi. Shu bois ikki davlat o‘rtasida yildan yilga savdo-iqtisodiy, siyosiy-madaniy, transport kommunikatsiya sohalarida aloqalar mustaxkamlanib bormoqda. Keyingi yillarda manfaatli hamkorlikni rivojlantirish borasida ko‘plab uchrashuvlar, muloqotlar tashkil etilib, istiqbolli loyihalar hayotga tadbiq etilib kelinyapti.

Foto: Shutterstock

Hozirgi kunda ko‘plab sohalarda Tojikiston Respublikasi bilan ishonchli aloqalar yo‘lga qo‘yilgan va rivojlanib bormoqda. Xususan, qurilish materiallari sanoatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport imkoniyatlari va ko‘lamini kengaytirish, tadbirkorlar uchun qulay biznes sharoitlarini yaratish borasida tizimli ishlar olib borilyapti. Buning natijasida tovar ayriboshlash sezilarli darajada oshmoqda. Raqamlarga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, 2020 yilning 8 oyi davomida mamlakatimizdan qo‘shni davlatga 13,8 mln dollarlik qurilish materiallari eksport qilingan. Jumladan, 273, 9 tonna gulqog‘oz, 1 207,6 ming metr kvadrat keramik plita, 3 582,743 ming metr kvadrat gipsokarton, 6 041,9 tonna quruq qurilish qorishmalari yetkazilgan.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan Tojikiston investitsiya jalb qilingan yirik loyihalar ham amalga oshirilyapti. Ana shunday loyihalardan biri bu - Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida umumiy qiymati 19 mln dollar bo‘lgan “PR INVESTMENT CO” MChJ tomonidan yangi sement zavodi barpo etilyapti. Mazkur korxona yiliga 400 ming tonna sifatli sement ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yangi sement zavodi 2021 yilning ikkinchi yarmida qurib foydalanishga topshiriladi. Hozirda bu yerda qurilish montaj ishlari olib borilmoqda. Energiya tejamkor uskunalarning 50 foizi olib kelingan bo‘lib, hozirda xitoylik mutaxassislar tomonidan o‘rnatilyapti. E'tiborlisi, korxona foydalanishga topshirilgach, 200 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shu kungacha investitsiya loyihani amalga oshirish uchun 4,4 mln dollar o‘zlashtirilgan.

Tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish va qayta ishlash yo‘nalishida ham tojikistonlik tadbirkorlar bilan ishonchli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Granit va marmar toshlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yirik investitsiya loyihasi Navoiy viloyatining Nurota tumanida amalga oshirilmoqda.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi
Matbuot xizmati

Mavzuga oid