O‘zbekiston | 12:21 / 22.09.2020
13177
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda 300 mln so‘mlik qo‘ylar o‘g‘irlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2020 yil 10 sentabr kunidan 11 sentabr kuniga o‘tar kechasi Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi 42 yoshli I.M. tuman hududida joylashgan fermer xo‘jaligi dala maydonida bo‘lgan, “Qo‘shko‘prik” mahallasida yashovchi 59 yoshli F.J.ga tegishli jami bozor narxi 300 mln. so‘mlik 216 bosh mayda shoxli chorva mollarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida fuqaro I.M. fuqaro F.J.ga tegishli qo‘ylarning 168 boshini fuqaro M.K.ga qarashli Jizzax shahrida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi hovlisiga olib borib qo‘yilganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan hamda fuqaro F.J.ga tilxat asosida topshirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan I.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida I.M. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid