Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 11:51 / 23.09.2020
5489
2 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston ikkita xalqaro shartnomani tasdiqladi
Prezident tomonidan 15 sentabr kuni tegishli PQ-4826 va PQ-4827-son qarorlar imzolandi.
Gap quyidagi hujjatlar xususida bormoqda:
- O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida 2019 yil 19 dekabrda Tokio shahrida imzolangan Daromad soliqlari bo‘yicha ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi konvensiya;
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati o‘rtasida 1998 yil 11 fevralda imzolangan Ikki yoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida 2019 yil 19 aprelda Toshkent shahrida imzolangan bayonnoma.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari O‘zbekiston tomonidan bajarilganligi to‘g‘risida bizning xorijiy hamkorlarimizga tegishli xabarnoma yo‘llash topshirildi.
Hujjatlar 16.09.2020 yildan kuchga kirdi, deya xabar bermoqda Norma.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025