Jamiyat | 11:38 / 25.09.2020
7249
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiylik ayol aldov yo‘li bilan 40 mln so‘mni qo‘lga kiritdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2019 yilning may oyidan iyun oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Navoiy viloyatida 58 yoshli S.X. (ayol) xavfli retsidivist bo‘la turib, o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Xatirchi tumanida yashovchi 34 yoshli T.F.ga go‘yoki auksion savdosida ishlashini aytgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, S.X. uning ishonchini suiiste'mol qilib, sho‘'ba korxonasi tomonidan auksion savdosiga qo‘yilgan Lacetti rusumli avtomashinani T.F.ga arzon narxda sotib olib berishini va'da qilib, Karmana tumanining turli hududlarida jami 40 mln. so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bergan va'dasini bajarmasdan, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. 

Mazkur holat yuzasidan Karmana tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha S.X. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid