O‘zbekiston xorijga qiymati 2 mln dollarlik mebel mahsulotlari eksport qildi
Bu yil O‘zbekiston 13ta xorijiy davlatlarga mebel mahsulotlarini eksport qilgan.
Joriy yilning 1 sentabr holatiga, O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 841 ming AQSh dollariga ko‘p.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sakkiz oy mobaynida eksport qilingan mebel mahsulotlarining eng katta ulushi Qozog‘iston (763,9 ming), Qirg‘iziston (619,3 ming), Tojikiston (294,2 ming) va 146,6 ming AQSh dollari bilan Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2020 yilning 1 sentabr holatiga, eksport qilingan mebel mahsulotlarining hududlar bo‘yicha eng ko‘p ulushi:
Toshkent shahri – 846,4 ming
Toshkent viloyati – 470,5 ming
Andijon viloyati – 184,3 ming
Namangan viloyati – 138,9 ming
Buxoro viloyati – 131,6 ming AQSh dollari.
Ma'lumot o‘rnida, bu yil O‘zbekiston 13ta xorijiy davlatlarga mebel mahsulotlarini eksport qilgan.
Mavzuga oid
09:40 / 22.11.2024
Oktyabrda O‘zbekiston 833 mln dollarlik oltin sotdi
18:39 / 20.11.2024
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
13:13 / 19.11.2024
Germaniya O‘zbekistonga 1 mlrd yevrodan ortiq qiymatda mahsulotlar eksport qildi
15:20 / 14.11.2024