Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rostov» Eldor Shomurodovni Italiya klubiga sotmadi
Italiyaning «Jyenoa» klubi «Rostov» forvardi Eldor Shomurodov uchun chindan ham 8 million yevro taklif qilgan, deya xabar bermoqda Rossiyaning «Sport Ekspress» nashri.
Manbaning yozishicha, «Rostov» klubi rahbariyati Italiya A Seriyasidan tushgan taklifni katta ehtimol bilan rad etadi. Sababi «Rostov» o‘zbekistonlik hujumchi uchun taklif qilingan 8 million yevroni kam deb hisoblamoqda.
Ma'lumot uchun, Shomurodov 2017 yildan buyon rostovliklar safida to‘p surmoqda. Futbolchining shartnomasi 2024 yilga qadar belgilangan. Transfermarkt portali hujumchining transfer bahosini 6,5 million yevroga baholagan.
Eldor Shomurodov o‘tgan mavsumda Rossiya Premer-ligasida 11ta gol urib, to‘purarlar qatoridan joy olgandi. Joriy mavsumda u 9 o‘yinda bitta gol muallifiga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq italiyalik jurnalist va insayder Janluidji Longari «Jyenoa» Shomurodov uchun «Rostov»ga 8 million yevro taklif qilgani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
11:38 / 05.05.2025
«Real» poygada qolmoqda, Shomurodovda muvaffaqiyatli seriya. Kun o‘yinlari
16:41 / 02.05.2025
Eldor Shomurodov – yana bir bor «Roma»da oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi
11:37 / 28.04.2025
«Siti» finalga chiqdi, «Roma» va Shomurodov «Inter»ni to‘xtatdi. Kun o‘yinlari
09:50 / 20.04.2025