Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiyada koronavirus sababli favqulodda vaziyat kiritiladi
Slovakiya hukumati koronavirusga qarshi kurash doirasida 1 oktyabrdan mamlakatda favqulodda vaziyat tartibini kiritishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Igor Matovich jurnalistlarga ma'lum qildi.
Respublikada avvalroq ham, pandemiyaning birinchi to‘lqini davomida 16 martdan 16 iyungacha favqulodda vaziyat amal qilgan.
1 oktyabrdan slovakiyaliklar nafaqat yopiq joylarda, balki 2 metrdan ko‘proq oraliq masofaga amal qilishning imkoni oz bo‘lgan ochiq joylarda ham niqob taqishlari kerak bo‘ladi. Ommaviy tadbirlarda 50dan ko‘proq odam ishtirok eta olmaydi.
So‘nggi sutkada Slovakiyada koronavirusga chalinganlar soni rekord sonda ko‘paydi va 567 nafarni tashkil qildi. Jami respublika bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 10 mingdan ko‘proqni, undan vafot etganlar soni 48 nafarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
13:25 / 13.05.2025
O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
18:13 / 04.04.2025
Slovakiyada 350 tagacha ayiqni otishga ruxsat berildi
09:21 / 29.03.2025
Slovakiya o‘zbekistonlik ishchilar uchun alohida viza kvotasini belgilaydi
11:32 / 22.03.2025