O‘zbekiston | 00:17 / 02.10.2020
26604
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda kasallanish holatlari soni 57 mingdan oshdi

1 oktabr kuni O‘zbekistonda 465 kishida koronavirus aniqlanib, 498 bemor tuzalgani va 2 bemor vafot etgani tasdiqlandi. Kunlik kasallanish ko‘rsatkichi qatorasiga oltinchi kun 500dan kam bo‘lmoqda.

Rasmiy statistikada jami holatlar soni 57 mingdan oshdi: hozirgacha 57 290 kishida koronavirus aniqlangan. Ulardan 53 955 nafari tuzalgan.

Qurbonlar soni kamida 2 nafarga ortib, SSV statistikasi bo‘yicha o‘lim holatlari soni 472 nafarga yetdi.

Yangi holatlar (+465)
Kun davomida respublikaning 8 hududida tana harorati ko‘tarilgani hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida yangi kasallanish holatlari aniqlangan.

  • Toshkent shahrida 293 holat;
  • Toshkent viloyatida 113 holat;
  • Namangan viloyatida 26 holat; 
  • Andijon viloyatida 11 holat;
  • Jizzax viloyatida 9 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 5 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 5 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 3 holat.

Tuzalganlar (+498)
Kun davomida respublikaning  hududida jami 498 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 53 ming 955 nafarga yetdi (94 foiz).

  • Toshkent shahrida 326 nafar, 
  • Toshkent viloyatida 95 nafar, 
  • Namangan viloyatida 44 nafar, 
  • Andijon viloyatida 9 nafar, 
  • Jizzax viloyatida 8 nafar, 
  • Qashqadaryo viloyatida 6 nafar, 
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar, 

  • Surxondaryo viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi. 

SSV 1 oktabr kuni yana 2 nafar bemor vafot etgani va shu vaqtgacha rasmiy statistikaga kiritilgan o‘lim holatlari soni 472taga yetgani haqida xabar qildi.

 

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2863 nafar bemordan 556 nafari og‘ir, 262 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid