Fan-texnika | 00:46 / 03.10.2020
12041
2 daqiqa o‘qiladi

Tesla avtomobillar savdosi bo‘yicha rekord o‘rnatdi 

Foto: Reuters

Tesla kompaniyasi 2020 yilning 3-choragida 139 ming 300ta avtomobil sotdi. Bu esa kompaniya 2-chorakda sotgan avtomobillardan 35 foiz, 2019 yilning 3-choragidagiga nisbatan 31 foiz ko‘proqni tashkil qilgan. 

Ushbu ko‘rsatkich kompaniya uchun choraklik savdolar bo‘yicha rekord natija hisoblanadi hamda tahlilchilar kutgandagidan yuqori bo‘lgan. 

Kompaniya 3-chorakda Model 3 va Model Y’dan umumiy hisobda 124,1 ming dona, Model S va Model X’dan 15,2 ming dona sotgan.
        
Kompaniya yil boshidan beri jami 318 mingta avtomobil sotishga muvaffaq bo‘lgan. Kompaniya o‘z oldiga qo‘ygan maqsad - yiliga yarim millionta avtomobil sotishi uchun 4-chorakda yana 182 mingta avtomobil sotishi kerak bo‘ladi.

Kompaniya bergan hisobotga ko‘ra, 3-chorakda 145 mingdan ko‘proq avtomobil ishlab chiqargan. Ulardan 128 mingtasi Model 3 va Model Y hamda 16,9 mingtasi Model S va Model X bo‘lgan. Yakunlangan 3-chorakda ishlab chiqarish hajmi 2-chorakdagiga nisbatan 44 foiz yuqori bo‘lgan. Tesla chorak bo‘yicha moliyaviy hisobotni oktabr oxirida taqdim etadi.

Mavzuga oid