Jahon | 09:34 / 04.10.2020
22550
1 daqiqa o‘qiladi

Kattalarda koronavirusning bolalarga xos asoratlari qayd etila boshlandi

Amerikalik olimlar avval koronavirusga chalingan bolalardagina kuzatilgan asoratlar endilikda bir qator holatlarda kattalarda qayd qilinayotganini ma'lum qilishdi. Jumladan, katta yoshli bemorlarda Kavasaki sindromida kuzatiladigan asoratlar - teri toshmasi, til qizarishi va oyoq-qo‘llar shishishi kuzatilmoqda. 

Foto: Adriano Machado/REUTERS

Bundan tashqari, organizmning turli tizimlari ishida buzilishlar qayd qilinmoqda

“Bu koronavirusdan keyingi yallig‘lanish sindromi – immun tizimi izdan chiqishining yangi turi”, deb tushuntirmoqda olimlar.  

Olimlarning ta'kidlashicha, koronavirusni boshdan o‘tkazganlarda MIS-A yallig‘lanish sindromi paydo bo‘lishi mumkin. Bu sindrom bolalar va o‘smirlarda koronavirusning og‘ir asorati hisoblanadi. Bu sindromning alomatlari aritmiya va oshqozon og‘riqlari hisoblanadi.

Ta'kidlanishicha, ushbu sindrom infeksiyaga chalingandan 2 haftacha o‘tib paydo bo‘lgan.

Bunday holatlar haqida birinchi bo‘lib Britaniya, so‘ngra Ispaniya, AQSh, Fransiya shifokorlari ma'lum qilgan.

Kattalarda bu sindromda nafas yo‘llari kasalliklari kuzatilmagan holda yurak-tomir, ovqat hazm qilish, teri va nevrologik simptomlar qayd qilingan.

Ushbu sindrom Kavasaki sindromi va infeksion-toksik shokka o‘xshash namoyon bo‘ladi.

Mavzuga oid