Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda avtohalokat oqibatida 18 kishi hayotdan ko‘z yumdi
Xitoyning shimolidagi Tszilin provinsiyasida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi, bir kishi jarohat oldi.
YTH mahalliy vaqt bilan soat 5:40da Sun'yuan shahridagi trassada yuz bergan. Furgonli mashina traktorga kelib urilgan, so‘ngra qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Politsiya YTH tafsilotlarini o‘rnatmoqda.
Hozirda Xitoyda mamlakat tashkil topganining 71 yilligi munosabati bilan bayram kunlari o‘tmoqda. Bu vaqtda xitoyliklar odatda turli shaharlar bo‘ylab kezadilar, buning natijasida yo‘llarda avtomobillar oqimi ortadi va yo‘l-transport hodisalari ko‘payishiga olib keladi.
Mavzuga oid
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
23:16 / 01.04.2025