Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda dunyodagi eng katta favvora ochiladi
Dubayda 22 oktyabrda dunyoda eng katta bo‘lishi e'tirof etilayotgan favvora ochilishi bo‘lib o‘tadi. The Palm Jumeirah oroli akvatoriyasida joylashgan favvora suvi 105 metr balandlikkacha ko‘tariladi.
Musiqali favvora ishga tushirilishi marosimida Ginness rekordini o‘rnatadi. U 1,5 ming kvadrat metr maydonda joylashadi. Undagi yorug‘lanish 3 mingta LED-chiroq yordamida ta'minlanadi.
The Pointe savdo-restoran majmuasi oldida joylashadigan favvora Dubaydagi yagona rangli favvora bo‘ladi. Uning ochilishi kuni mehmonlar uchun turli ko‘ngilochar tadbirlar uyushtirish rejalashtirilgan.
The Palm Fountain (Palma favvorasi) deb ataladigan favvora kolleksiyasida 20 ta esklyuziv musiqali shou bo‘ladi. Unda har kuni soat 19dan yarimtungacha 5 ta turli tomosha namoyish qilinadi. Tomoshalar repertuaridan arab, ommaviy, mumtoz va xalqaro kompozitsiyalar o‘rin olgan. Har bir tomosha 3 daqiqa davom etadi. Shou har yarim soatda takror namoyish qilinadi.
Favvora ochilishi marosimiga 5 mingga yaqin mehmon tashrif buyurishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
11:03 / 26.03.2025
Dubayda qiyin ahvolda qolgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi
11:18 / 25.02.2025