Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Magistratura javoblari bugun e'lon qilinadi
Javoblarni OTMlarning rasmiy veb sayti orqali bugun, 7 oktabr kuni soat 17:00dan boshlab ko‘rish mumkin.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining xabar berishicha, respublika oliy ta'lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga abituriyent sifatida hujjat topshirib, kirish imtihonlarida (onlayn test sinovlarida) ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalari bilan tegishli oliy ta'lim muassasasining rasmiy veb-sayti orqali 7 oktabr kuni soat 17:00dan boshlab tanishishi mumkin.
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlardan tegishli oliy ta'lim muassasalariga murojaat qilish so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, bu yil magistratura uchun 73 ming abituriyent 10 ming 425ta o‘rin uchun kurashdi. Magistratura imtihonlari 8-20 sentabr kunlari o‘tkazildi, uzrli sabablar bilan imtihonga qatnasha olmaganlar uchun esa sinov 22 sentabr kuni bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi
23:18 / 10.05.2025
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
13:29 / 05.05.2025
Ayrim o‘qituvchilar uchun maqsadli magistratura joriy etiladi
23:11 / 18.04.2025