O‘zbekiston | 09:30 / 09.10.2020
33644
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyati prokurori bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi

Namangan viloyati prokurori Akmalxo‘ja Mavlonov davlat rahbarining tegishli farmoni bilan O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi.

Namangan viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, Akmalxo‘ja Mavlonov 1975 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boshlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Marg‘ilon shahar prokurori, Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018 yil fevral oyida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan. O‘sha yili avgust oyida bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlangan.

Akmalxo‘ja Mavlonov 2019 yil iyulidan beri Namangan viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid