Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akademik Shavkat Akmalxonov vafot etdi
Chorvachilik sohasi rivojlanishida o‘zining katta hissasini qo‘shgan olim, "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi”, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, akademik Shavkat Akmalxonov 2020 yil 11 oktyabrda 87 yoshida vafot etdi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi xabariga ko‘ra, Shavkat Akmalxonov 1933 yil 18 avgust kuni Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan. 1956 yili Samarqand qishloq xo‘jalik institutini olim zootexnik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Buyuk olim o‘z mehnati faoliyati davomida 10ga yaqin doktorlik ishlariga, 20dan ortiq nomzodlik ishlariga rahbarlik va opponentlik qilgan.
“Shavkat Akmalxonov tayyorlagan shogirdlari bugungi kunda soha rivoji, yurt ravnaqi yo‘lida hissalarini qo‘shib kelishmoqda.
Innovatsion rivojlanish vazirligi jamoasi va rahbariyati Sh.Akmalxonovning vafoti munosabati bilan uning yaqinlari va hamkasblariga chuqur hamdardlik bildiradi”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
12:15 / 10.05.2025
Qishloq xo‘jaligi vazirligi go‘sht narxining oshishiga sabab bo‘lgan omillarni ma’lum qildi
20:36 / 15.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
12:24 / 06.04.2025