Jahon | 16:45 / 17.10.2020
16967
2 daqiqa o‘qiladi

«Biz bu vaziyatga befarq bo‘lmaymiz». Qorabog‘ mojarosida Eron kim tomonida?

Foto: Asatur Yesayans

Armaniston va Ozarboyjon bir-birini sulh bitimini buzishda ayblamoqda, vositachilar tinchlikparvar kuchlarni mojaro zonasiga olib kirishni taklif qilishmoqda. Buning fonida Tehron endi o‘z hududidagi snaryadlarga toqat qilolmasligi bilan tahdid qilgan. Boku va Yerevan Eron ko‘proq kimga moyilligini aniqlashga qiynalmoqda, deb yozadi «RIA Novosti».

«Bu qurolli qarama-qarshilik bizning manfaatlarimizga mos kelmaydi: Yerevan bizning qo‘shnimiz, Boku bilan esa bizni din, tarix va madaniyat bog‘lab turadi. Biz Ozarboyjon taqdiridan xavotirdamiz va uning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bosib olingan hududlar ozod qilinishi kerak», degan Eron rahbarining xalqaro ishlar bo‘yicha maslahatchisi Ali Akbar Viloyatiy.

Qorabog‘dagi urush Eronga nafaqat diplomatik darajada, balki bevosita ta'sir qildi. Snaryadlar chegara bo‘ylab uchib, mahalliy aholi orasida vahima qo‘zg‘atmoqda. «Agar qurolli qarama-qarshilik bizga tahdid solsa, Eron befarq qolmaydi», degan tashqi ishlar vazirligi vakili Said Xatibzoda.

90-yillarning boshlaridan Eron Islom Respublikasi mintaqada siyosiy kelishuvni qo‘llab-quvvatlamoqda. Tehron rasmiy Ozarboyjon chegaralarining qayta shakllanishiga qarshi, ammo armanlar manfaatlarini ham hisobga olishga chaqirmoqda. Eron diplomatiyasi an'anaviy ravishda ham Boku, ham Yerevan bilan o‘zaro aloqada bo‘lib keladi. 

Eronning shimolida 30 milliongacha etnik ozarbayjonlar yashaydi va ular Tog‘li Qorabog‘dagi voqealarga befarq emas. Ko‘p yillar davomida ular rasmiylarni Armanistonga yordam bermaslikka chaqirishmoqda, shuning uchun «bosib olingan hududlarni ozod qilish» iborasi ularda katta g‘ayrat uyg‘otdi. Harbiy harakatlar boshlangandan so‘ng, Eron ozarboyjonlari Eron-Armaniston chegarasini yopishni talab qilishdi. Ammo hukumat tomonidan bunga hech qanday reaksiya bildirilmagan.

Mavzuga oid