Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Kanada chegarasi 21 noyabrgacha ochilmaydigan bo‘ldi
Kanada-Amerika chegarasi 21 mart kuni yopilgandi. O‘shanda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ushbu cheklov ikki mamlakat fuqarolarning chegarani kesib o‘tishi xavfsiz bo‘lishiga ishonch hosil qilmagunicha amal qilishini aytgandi.
Kanada va AQSh hukumatlari koronavirus pandemiyasi fonida chegaralarni 21 noyabrgacha ochmaslikka kelishib oldi. Bu haqda Kanada ijtimoiy xavfsizlik va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni ta'minlash vaziri Uilyam Bler ma'lum qildi.
«Biz AQShga zarur bo‘lmagan safarlarga qo‘yilgan taqiqni 2020 yil 21 noyabrgacha uzaytirmoqdamiz», - deb yozdi u Twitter sahifasida.
Blerning izohlashicha, bu pandemiya davrida ikki mamlakat aholisining xavfsizligi uchun zarur.
Kanada-Amerika chegarasi 21 mart kuni yopilgandi. O‘shanda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ushbu cheklov ikki mamlakat fuqarolarning chegarani kesib o‘tishi xavfsiz bo‘lishiga ishonch hosil qilmagunicha amal qilishini aytgandi. Kanada va AQSh chegarasini kesib o‘tishga qo‘yilgan taqiq muddati 21 oktyabrda nihoyasiga yetishi kerak edi.
Kanada va AQSh dunyoda eng uzun quruqlik chegarasiga ega, chegaraning uzunligi qariyb 9 ming km.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025