Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyada koronavirusning noma'lum turi aniqlandi
Norvegiyada 3 kun ichida 8 kishida koronavirusning mutatsiya qilgan yangi turi aniqlandi. Hozircha virusning bu turi qanday xossalarga egaligi noma'lum.
Norvegiyaning aholisi soni bo‘yicha uchinchi yirik shahri - Tronxeymda mamlakatda avvalroq aylanib yurgan koronavirus shtammlaridan farqlanuvchi mutatsiya qilgan yangi shtamm aniqlandi. Virusning ushbu turi 16-18 oktyabrda 8 kishida aniqlangan.
Yangi shtammda virusning sirtidagi oqsil farqlanib, u virusning inson hujayralariga birika olishiga ta'sir qilishi mumkin. “Hozircha bu o‘zgarish virusning yuquvchanligiga qanchalik ta'sir qilishi noma'lum”, deb aytgan Aholi sog‘lig‘ini saqlash milliy instituti seksiya rahbari Karolina Bragstad.
Shaharning bosh shifokori Tuve Resstadning ma'lum qilishicha, virusning yangi mutatsiyasi yuqumliroq bo‘lishi mumkin. Uning aytishicha, bu shtamm odamdan odamga osonroq yuqadi va uning alomatlari tezroq paydo bo‘ladi. Ta'kidlanishicha, hozirda shaharda koronavirus oson tarqalmoqda, buning uchun odamlar yaqin aloqada bo‘lishlari shart emas.
Ma'lum qilinishicha, yangi shtamm virusning Norvegiyada aniqlanayotgan ikkinchi mutatsiya qilgan turidir. Sentyabrda mamlakatning janubiga avtobusda safar amalga oshirgan bir necha pensionerda virusning yangi shtammi aniqlangan.
Norvegiya rasmiy idoralari Yevropaning qolgan davlatlarida kasallanish holatlari ko‘payayotgani sababli fuqarolarga xorijga chiqmay turishni tavsiya qilgan.
Mavzuga oid
16:03 / 17.05.2025
O‘zbekiston elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorlig‘ini topshirdi
20:44 / 02.05.2025
Polshada Norvegiyaning eng badavlat insonlaridan biri YTH oqibatida halok bo‘ldi
22:17 / 29.04.2025
Shpitsbergen arxipelagidagi yer maydoni 300 mln yevroga sotilishi mumkin
16:49 / 15.02.2025