Jahon | 17:33 / 19.10.2020
10382
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmanistonda aholi niqob taqishga chaqirilmoqda

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy ma'lumotiga ko‘ra, Turkmanistonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmagan.

Foto: REUTERS/Vyacheslav Sarkisyan

Koronavirus rasman qayd etilmagan Turkmanistonda mamlakat aholisi himoya niqobi taqish va xavfsiz masofaga rioya qilishga chaqirilmoqda.

"Altin asir" milliy aloqa operatori abonentlari mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ana shu mazmundagi SMS xabarlarini olishgan.

"Hurmatli fuqarolar! Salomatligingizni mustahkamlash maqsadida tibbiy himoya niqoblari taqishni, odamlar gavjum joylarda ikki metrlik masofaga rioya qilishni va shaxsiy gigiyena talablarini bajarishni maslahat beramiz", - deyiladi vazirlik SMS xabarida.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy ma'lumotiga ko‘ra, Turkmanistonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmagan.

Shu bilan birga, mamlakatda ayrim cheklov choralari joriy etilgan.

Mavzuga oid