Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugatti yagona nusxada ishlab chiqaradigan giperkarining tizer-suratini e'lon qildi
Bugatti kompaniyasi jahon miqyosidagi katta premeraga tayyorlanmoqda. Onlayn tarzda o‘tadigan premerada yangi giperkar tanishtirilishi kutilmoqda.
Motor.ru xabariga ko‘ra, avtomobil istisno tariqasida faqat poygalarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ikki eshikli ushbu superkar mijozlardan biri uchun yagona nusxada ishlab chiqarilmoqda.
Bugatti'ning poyga avtomobili haqidagi ovozalar bir necha oy avval paydo bo‘lgan edi. Mashina butunlay o‘ziga xos kuzovga ega bo‘ladi, uning tashqi ko‘rinishi esa Bugatti'ning boshqa modeli Vision Le Mans dizayniga o‘xshab ketadi.
Avtomobil 1600 ot kuchiga ega, 8 litrli W16 kvadroturbo motori bilan jihozlanadi hamda aerodinamika tizimiga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
23:08 / 20.05.2021
Bugatti giperkari qiruvchi samolyot bilan tezlikda bahslashdi (video)
22:20 / 28.10.2020
Bugatti 1850 ot kuchiga ega giperkarni namoyish etdi
21:21 / 15.08.2019
9 mln dollarlik yangi Bugatti surati e'lon qilindi
23:37 / 05.03.2019