O‘zbekiston | 19:21 / 20.10.2020
22978
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev AQSh delegatsiyasini qabul qildi

20 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Kennet Makkenzini qabul qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSh munosabatlari va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.  Xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar hamda global xatarlarga qarshi kurashish mavzulariga alohida e'tibor qaratildi.

Afg‘onistonda tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash hamda ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan fikr almashildi.

Ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.

General Makkenzi O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga uchrashuv uchun samimiy minnatdorlik bildirib, AQSh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, keng ko‘lamli hamkorlikni kengaytirish borasida qat'iy ekanini ta'kidladi.

Mavzuga oid