Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda masofadan ishlash qonuniylashtiriladi
Masofadan turib ishlovchilar band bo‘lgan aholiga tenglashtiriladi.
Tojikiston parlamenti quyi palatasi kengashi «Aholi bandligiga ko‘maklashish to‘g‘risida»gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni muhokama qildi.
Ularga ko‘ra, amaldagi qonunning 1-moddasiga «masofadan turib ishlash» haqidagi yangi band qo‘shiladi. U ish jarayonida ish beruvchining joylashgan joyidan tashqarida mehnat qilish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi, deb xabar bermoqda «Aziya-Plyus» Tojikiston parlamenti quyi palatasi matbuot kotibi Muhammadato Sultonovga tayangan holda.
Shuningdek, qonun loyihasining ikkinchi qismiga amaldagi qonunning 4-moddasini takomillashtirish maqsadida yangi band qo‘shiladi. Unga ko‘ra, masofadan turib ishlash bilan shug‘ullanadigan ishchilar band bo‘lgan yoki unga tenglashtirilgan fuqaro hisoblanadi.
Ushbu guruh ishchilarining mehnati bo‘yicha o‘ziga xos xususiyatlar Tojikiston Mehnat kodeksi bilan belgilanadi.
Ushbu o‘zgartirishlar quyi palata deputatlari tomonidan yaqinda bo‘lib o‘tadigan Tojikiston parlamenti yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
17:37 / 17.05.2025
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
17:55 / 14.05.2025
Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi
17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj
16:52 / 29.04.2025