Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh saylovlari: Obama Baydenni ilk marta ommaviy tarzda qo‘llab-quvvatladi
Demokrat nomzodning tarafdorlari bilan uchrashuv ovoz berish natijalari eng muhim bo‘lgan shtatlardan biri Pensilvaniyada bo‘lib o‘tgan.
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama shaxsan prezidentlik poygasi paytida ilk bor demokratlar nomzodi Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlash uchun mitingda so‘zga chiqqan. Uning nutqini Fox News telekanali efirga uzatgan.
Ta'kidlanishicha, Bayden tarafdorlari bilan uchrashuv Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tgan, u yerdagi beriladigan ovozlar bo‘lajak saylovlardagi natijalarga eng ko‘p ta'sir ko‘rsatadi.
“Men Pensilvaniya shtatiga kelishni yaxshi ko‘raman. Siz meni ikki marta qo‘llab-quvvatladingiz va bugun men Jo Bayden va Kamala Xarrisga Oq uyni “qo‘lga kiritishi” uchun yordam berishingizni so‘rab qaytib keldim”, – degan Obama.
2008 va 2012 yilgi prezident saylovlarida pensilvaniyaliklar Obamani qo‘llab-quvvatlagan. Ammo 2016 yilda ular Xillari Klintonga emas, uning raqibi va amaldagi davlat rahbari, respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampga ko‘proq ovoz berishgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025