Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning «eng ijodiy» shaharlari ma'lum qilindi
Parij, Barselona va Dublin dunyoning eng kreativ shaharlari reytingiga yetakchilik qilmoqda.
“YevroPuls” nashrining Infiki servisi tadqiqotiga tayanib xabar berishicha, reytingga hammasi bo‘lib 75 ta shahar kiritilgan. Yetakchi beshlikdan London va Tel-Aviv ham joy olgan.
Shaharlar 9 ta mezon, jumladan, instagramda e'lon qilingan ko‘cha san'ati suratlari miqdori, badiiy galereyalar, muzeylar, musiqiy va stendap klublar ko‘pligi bo‘yicha baholangan.
Reyting yetakchisi Parij boshqa shaharlarga qaraganda haykallar va yodgorliklar, musiqiy klublar, teatrlar va ko‘cha san'ati obektlarining e'lon qilingan suratlariga eng boy ekani bilan maqtana olishi mumkin. Barselonada muzeylar, Dublinda esa stendap-klublar eng ko‘pligi aniqlangan.
Mavzuga oid
10:18 / 18.04.2025
Parijda AQSh, Yevropa va Ukraina o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
14:20 / 15.04.2025
Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti
14:10 / 07.04.2025
Parijda Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash namoyishi bo‘lib o‘tdi
10:51 / 24.03.2025