Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV Akademiyasi birinchi bosqich kursantlari qasamyod qilishdi
Akademiyaning yuqori bosqichlarida tahsil olayotgan, a'lo baholarga o‘qiyotgan va jamoat ishlarida o‘rnak bo‘layotgan iqtidorli kursantlarga faxriy yorliqlar topshirildi.
Bugun, 24 oktabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi birinchi bosqich kursantlarining «Vatanga qasamyod» marosimi o‘tkazildi.
Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati, Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri, Akademiya professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tantanada Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i general-polkovnik Qobul Berdiyev Akademiyaning birinchi bosqichiga qabul qilingan kursantlarni vatanga qasamyod qabul qilganliklari munosabati bilan tabrikladi.
Shundan so‘ng Akademiyaning yuqori bosqichlarida tahsil olayotgan, a'lo baholarga o‘qiyotgan va jamoat ishlarida o‘rnak bo‘layotgan iqtidorli kursantlar – «Vazir stipendiantlari»ga tantanali ravishda faxriy yorliqlar topshirildi.


Tadbir yakunida Akademiyaning Ma'naviyat va ma'rifat markazi boshlig‘i podpolkovnik Savriddin Najmiyev tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Mavzuga oid
10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi
21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi
16:35 / 06.04.2025