Jahon | 22:01 / 26.10.2020
24374
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Ozarboyjon va Armaniston bilan chegarasida qo‘shinlar joylashtirdi

Foto: Reuters

Eron Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat keskinlashgani ortida ixtilof ishtirokchilari bo‘lgan Ozarboyjon va Armaniston bilan chegarasida qo‘shinlarni joylashtirmoqda. Islom inqilobi muhofizlari korpusida ta'kidlanishicha, bu Eronning milliy manfaatlarini va tinchlikni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur.

Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasidagi yangi ixtilofning boshidayoq Tehron Boku va Yerevanni Eronning chegaraoldi hududida yashovchi aholisi hayoti xavfga qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymasligidan ogohlantirgan. Biroq Eronning shimolidagi hududlarga Qorabog‘ ixtilofi hududidan vaqti-vaqti bilan snaryadlar va dronlar tushib turibdi.

25 oktyabrda Boku va Yerevan AQSh vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgandi. O‘t ochish rejimi 26 oktyabrdan kuchga kirishi kerak edi. Biroq yarashuvga uchinchi urinish ham barbod bo‘ldi: yarashuv kuchga kirishi bilanoq u buzilgani haqida ma'lumotlar berilgan.

Mavzuga oid