Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zavtosanoat» transformatsiya qilinadi
Prezident “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan transformatsiya qilinadigan yirik davlat korxonalari va xo‘jalik birlashmalari ro‘yxati tasdiqlandi.
Ro‘yxatdan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “O‘zbekneftgaz”, “O‘ztransgaz”, “Hududgazta’minot”, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “O‘zbekgidroenergo”, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zbekiston pochtasi”, “O‘zbektelekom”, "O‘zdonmahsulot", “O‘zavtosanoat”, “Toshshahartransxizmat”, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Uzbekistan Airways”, “Uzbekistan Airports” va boshqa korxonalar o‘rin olgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Davlat aktivlari agentligi 2020 yil 1 dekabrga qadar raqobat muhitiga ta’sir qiladigan imtiyoz va preferensiyalarni xatlovdan o‘tkazib, ularni bekor qilish bo‘yicha qaror loyihasini O‘zbekiston prezidenti administratsiyasiga kiritadi.
Korxonalarni transformatsiya qilish jarayonlari bilan birgalikda ular faoliyat yuritadigan sohada bozor munosabatlari tamoyillariga to‘liq o‘tish, raqobat muhitini shakllantirish hamda xususiy sektorni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid
17:00 / 13.05.2025
Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
18:39 / 12.05.2025
Mahachqal’a-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 1 oyga kechikishi mumkin
10:06 / 12.05.2025
Uzbekistan Airways parvozlar jadvalidagi ayrim majburiy o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi
22:37 / 09.05.2025