Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada XTB rahbarlariga mashina berildi
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada imzolanishi kutilayotgan «Mamlakatimiz ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni loyihasi ko‘rib chiqildi va bu bo‘yicha viloyat deputatlaridan qo‘shimcha takliflar olindi.

Sessiyada Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ma'ruza qildi. Ta'kidlanishicha, bugungi kunda viloyatda 1 892 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari, 971 ta ta'lim muassasalari, 10 ta oliy ta'lim muassasalari faoliyat olib bormoqda.


Sessiyada ishtirok etgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i, tuman va shahar xalq ta'limi bo‘limi mudirlari bir vaqtning o‘zida hudud hokimlarining ta'lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi ekani inobatga olinib, ularga mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismi hisobidan xizmat avtomashinalari ajratilgan.
Shuningdek, hokimliklarda XTB rahbarlari uchun xizmat xonasi ajratilib, jihozlab berilishi belgilandi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025