Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh sanksiyalari tufayli Huawei savdosi tushib ketdi
Kompaniya kelgusida butlovchi qismlar yetishmovchiligiga duch keladi, chunki Tayvanning TSMC kompaniyasi 15 sentyabrdan Huawei uchun Kirin protsessorlari yetkazib berishni to‘xtatdi.
Huawei joriy yilning uchinchi choragida 51,7 million dona smartfon sotdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23 foizga kam. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, sotuv hajmining tushib ketishi AQSh sanksiyalari bilan bog‘liq.
Umuman olganda, jahon smartfon bozorida sotuv bir foizga pasaygan (348 million dona qurilma). Huawei savdosi asosan xorij bozorida pasaygan, Xitoy bozorida pasayish 15 foizni tashkil etgan.
Huawei smartfonlarida Google xizmatlarining yo‘qligi eng katta muammo deb baholanmoqda. Kompaniya kelgusida butlovchi qismlar yetishmovchiligiga duch keladi, chunki Tayvanning TSMC kompaniyasi 15 sentyabrdan Huawei uchun Kirin protsessorlari yetkazib berishni to‘xtatdi.
Bozorda Huawei o‘rnini Xiaomi egallashga urinmoqda. Kompaniyaning uchinchi chorakda sotgan smartfonlari 14,5 million donaga ko‘paygan, Yevropadagi o‘sish esa 88 foizni tashkil etgan. Agar o‘sish shunday davom etadigan bo‘lsa, Xiaomi dunyoda Samsung kompaniyasidan keyin ikkinchi o‘ringa ko‘tariladi.
Mavzuga oid
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
16:49 / 20.04.2025
Xitoyda dunyodagi birinchi 10G internet tarmog‘i ishga tushirildi
17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot
15:25 / 24.03.2025