Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zstandart: 8 holatda ko‘mir va briket sifati talabga javob bermadi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon va Samarqand viloyatlaridagi maktabgacha ta'lim muassasalari ayol xodimlari sifatsiz ko‘mirdan “qo‘lbola briket” tayyorlayotganligi aks etgan fotosuratlar keng tarqaldi. Bu esa qizg‘in muhokamalarga ham sabab bo‘ldi.

«O‘zstandart» agentligi Axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, agentlik Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti bilan hamkorlikda ko‘mir mahsulotining sifati yuzasidan o‘rganishlar olib bormoqda. Dastlabki o‘rganishlar natijalariga ko‘ra, hududlardagi ijtimoiy soha tashkilotlari va “Ko‘mir ta'minot” MChJ bo‘linmalari hamda omborlaridan ko‘mir va briket mahsulotidan namunalar olingan.
Sinov-tekshiruv jarayonlarida aniqlanishicha, 8ta holatda ko‘mir va briket mahsuloti belgilangan standart talablariga javob bermasligi ma'lum bo‘lgan.
«Qolgan namunalar bo‘yicha sinov jarayoni davom etmoqda. «O‘zstandart» agentligi barcha korxona va muassasalarga xarid qilinayotgan ko‘mir mahsulotining sifatiga e'tiborli bo‘lishlarini tavsiya qiladi», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025