Sport | 20:10 / 01.11.2020
2666
2 daqiqa o‘qiladi

«Mersedes» «Formula-1»da konstruktorlar kubogining muddatdan oldin g‘olibiga aylandi

 «Formula-1» avtopoygalarida «Mersedes» jamoasi yettinchi bor konstruktorlar kubogini qo‘lga kiritdi.

Foto: EPA-EFE

Jamoa bu natijaga “Red Bull” haydovchisi Maks Ferstappen poygalarning 13-bosqichi - Emiliya-Romanya gran-prisida poygani muddatdan oldin tark etgani hisobiga erishdi.

Ferstappen 51-aylanada shina bilan yuzaga kelgan muammo sababli poygani barvaqt tark etdi. 

“Mersedes” poygadan keyin 479 ochko jamg‘ardi. Konstruktorlar kubogida 2-o‘rinni egallayotgan” Red Bull”da esa 226 ochko bo‘ldi. Mavsum yakunigacha 4 bosqich qolgani va “Red Bull” har bir bosqich uchun eng ko‘pi bilan 44 ochko olishi mumkinligi sababli, “Red Bull” “Mersedes”ga yetib olish imkonidan mahrum bo‘ldi.     

“Mersedes” 2014 yildan beri konstruktorlar kubogida g‘alaba qozonib kelmoqda. Bu borada avvalgi rekord “Ferrari”ga tegishli bo‘lib, italyan jamoasi 1999 yildan 2004 yilgacha g‘oliblikni boshqa jamoaga boy bermagan. Umumiy g‘alabalar soni bo‘yicha ham rekord “Ferrari”ga tegishli bo‘lib, uning hisobida 16 ta chempionlik unvoni bor.

Konstruktorlar kubogi. 

1. “Mersedes” — 479 ochko
2. “Red Bull” — 226 ochko
3. “Reno” — 135 ochko
4. “Reysing Poynt” — 134 ochko
5. “Maklaren” — 134 ochko

Mavzuga oid