Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 60 nafarga yetdi
Turkiyaning Izmir viloyatida yuz bergan kuchli zilzila qurbonlari soni 60 nafarga yetdi. Jarohat olganlar soni esa 940 nafargacha oshgan.
Ma'lum qilinishicha, hozirda 218 kishi shifoxonalarda zarur tibbiy yordam olmoqda.
Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Faxritdin Xo‘janing xabar berishicha, 2 mingdan ko‘proq qutqaruvchi 8 ta uy vayronalarida qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda. 680dan ko‘proq kishi shifoxonalardan chiqarilgan.
6,7 magnitudali zilzila 30 oktyabrda Egey dengizida, Samos orolidan 19 km shimolda qayd qilingan. Uning kuchi Afina va Istanbulda sezilgan. Yer silkinishlari Izmirda 20 ta uyning qulashiga olib kelgan. Shuningdek, Gretsiyaning Neon-Karlovasi shahriga ham talafot yetgan.
Mavzuga oid
00:41 / 06.12.2024
AQShda 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
11:53 / 13.11.2024