O‘zbekiston | 21:47 / 03.11.2020
76862
1 daqiqa o‘qiladi

Alisher Shodmonov rektorlikka tayinlandi

Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlandi.

Vazirlar Mahkamasining 3 noyabrdagi qaroriga ko‘ra, Alisher Qayumovich Shodmonov Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlangan. Shu munosabat bilan 2016 yil dekabridan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasiga rektorlik qilib kelgan Laziz To‘ychiyev lavozimidan ozod etilgan.

Alisher Shodmonov 2017 yil fevralidan buyon Sog‘liqni saqlash vazirligini boshqarib kelayotgandi.

U shu yilning iyulida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga davolanishga yotqizildi va uning o‘rniga bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev vazirlikka rahbarlik qilish vazifasi yuklatildi.

Avgust oyida vazir ishga qaytdi. U o‘tgan haftada Turkiyaga safar qilgan vazirlik delegatsiyasiga rahbarlik qildi.

2020 yilning iyulidan Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Abduhakim Hojiboyev bugun Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan SSV rahbari lavozimi uchun tasdiqlandi.

Mavzuga oid