O‘zbekiston | 08:52 / 03.11.2020
19294
2 daqiqa o‘qiladi

Qator transport vositalari utilizatsiya yig‘imidan ozod qilindi

Vazirlar Mahkamasi “Koronavirus pandemiyasi davrida tashqi iqtisodiy faoliyat, turizm va qurilish sohalarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Foto: Shutterstock

Tashqi iqtisodiy faoliyat, turizm va qurilish sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda avtotransport vositalari parkini yangilash va modernizatsiya qilish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator transport vositalari 2022 yil 31 dekabrga qadar utilizatsiya yig‘imini to‘lashdan ozod qilindi.
 
Norma’ning yozishicha, quyidagilarga utilizatsiya yig‘imining nol stavkasi qo‘llaniladi:

  • yuk tashish uchun mo‘ljallangan, "Yevro-5" va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan shatakchi avtomobillar (TIF TN kodi 8701 20, ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshganlari bundan mustasno), shuningdek, tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39, ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshganlari bundan mustasno);
  • yuk tashish uchun mo‘ljallangan yangi transport vositalari (TIF TN kodlari 8704 22, 8704 23) hamda maxsus mo‘ljallangan yangi transport vositalari (TIF TN kodi 8705 10, 8705 40, 8705 90);
  • haydovchi bilan birga 10 va undan ortiq yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan, "Yevro-5" va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan transport vositalari (TIF TN kodi 8702, ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshganlari bundan mustasno);
  • xalqaro tashkilotlar bilan davlatlararo, hukumatlararo bitimlarga asosan xayriya yordami maqsadlarida olib kiriladigan transport vositalari.

 Vazirlar Mahkamasining "G‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini joriy etish to‘g‘risida" 2020 yil 2 iyundagi 347-son qaroriga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
 
Hujjat 30.10.2020 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid