Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO bosh kotibi Baydenni tabrikladi va Rossiyaga qarshi turishga chaqirdi
7 noyabr kuni Jo Bayden AQSh prezidenti saylovida g‘alaba qozonganligini e'lon qildi.
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Jo Baydenni AQSh prezidenti saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi va ko‘plab tahdidlarga, jumladan, Rossiyaga qarshi turishga chaqirdi.
«Jo Baydenning AQSh prezidenti etib saylanishini olqishlayman. Uni NATO va transatlantika munosabatlarining qat'iy tarafdori sifatida bilaman. Biz duch kelayotgan ko‘plab tahdidlar, jumladan, Rossiya, xalqaro terrorizm, kiber va raketa tahdidlari, Xitoyning kuchayishi sababli global kuch muvozanatining o‘zgarishiga qarshi turishimiz uchun jamoaviy kuch lozim», — deb yozdi Stoltenberg tabrigida.
7 noyabr kuni Jo Bayden AQSh prezidenti saylovida g‘alaba qozonganligini e'lon qildi.
Uni ushbu g‘alabasi bilan qator davlatlar rahbarlari va siyosatchilari qutlamoqda.
O‘z navbatida Donald Tramp sud orqali ustunligini qaytarib olishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «saylov hali yakuniga yetmadi».
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi
09:57 / 19.05.2025
Tramp saraton kasalligi aniqlangan Baydenni qo‘llab-quvvatladi
08:24 / 19.05.2025