Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umid Ahmadjonov BAA futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi
Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov 9 noyabr kuni Dubay shahrida Birlashgan Arab Amirliklari futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi.
Ahmadjonov Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, Osiyo Olimpiya Kengashi qo‘mitasi a'zosi Ziyovuddin Hojiniyazov hamrohligida BAA futbol assotsiatsiyasi (UAEFA) prezidenti Rashid bin Humaid Al-Nuaymi va Ajman shahri meri bilan uchrashgan.

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikka oid masalalarni muhokama qilgan. UAEFA bilan bir necha yillik do‘stlik aloqalariga ega Ahmadjonov o‘z so‘zida assotsiatsiyaning BAA, Osiyo va jahonda futbolni rivojlantirishga intilishini e'tirof etgan. U shuningdek to‘rt yil oldin O‘zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev boshlagan islohotlar dasturi, xususan sport va futbolga qaratilayotgan e'tibor haqida alohida to‘xtalgan.
Umid Ahmadjonov, shuningdek, Osiyo Olimpiya Kengashi shayx Ahmad Al-Fahad as-Saboh rahbarligida pandemiya davrida butun Osiyo bo‘ylab sport harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha imkoniyatlar ishga solinayotganini qayd etgan.
Tomonlar yakdil qiziqish bildirgan boshqa mavzularda ham muzokaralar olib borib, o‘rtadagi sermahsul hamkorlik davomli bo‘lishiga umid bildirishgan.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025