Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Shimoliy Karolinada ovozlar hisoblanishi cho‘zilib ketganidan achchiqlandi
AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp Shimoliy Karolina shtatidagi saylov uchastkalarida ovozlar hisoblanishi cho‘zilib ketganidan noroziligini bildirdi.
Trampning tvitterda ta'kidlashicha, Pensilvaniya va Michigan shtatlarida ovozlarni hisoblash jarayoniga Respublikachilar partiyasidan kuzatuvchilar qo‘yilmagan. AQSh prezidenti bu xatti-harakatlarni qonunga xilof deb atagan.
“Bu ancha cho‘zilib ketdi! Shimoliy Karolinada shuncha uzoq vaqt nima qilishmoqda? Ular bu yerda ham ko‘proq byulleten izlab, g‘alabani (demokratlar nomzodi Jo Bayden g‘alabasini) mustahkamlashmoqchimi?” – deb yozgan Tramp.
Oq uy rahbari avvalroq Jorjiya shtatida ovozlar qayta hisoblanishi e'lon qilingani hisobiga Shimoliy Karolinada g‘alaba qozonishiga ishonch bildirgan.
Tvitter ijtimoiy tarmog‘i Trampning bu postini bahsli axborot saqlovchi xabar sifatida belgilagan.
3 noyabrda o‘tgan AQSh prezidenti saylovlari natijalariga hali rasman yakun yasalmagan bo‘lsa-da, AQShning bir qator yetakchi OAVlari Jo Bayden g‘alaba qozonganini e'lon qildi.
Shu munosabat bilan Baydenga ko‘plab jahon yetakchilari, jumladan, Saudiya Arabistoni podshohi, BMT bosh kotibi, Turkiya prezidenti o‘z tabriklarini yo‘llagan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025