O‘zbekiston | 11:42 / 14.11.2020
9507
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq: dovonda qor vaqtida harakatlanish xavfsizligiga qanday rioya etilmoqda?

O‘zgidromet 12−13 noyabrda Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi va tuman tushishi haqida xabar bergandi. Kun.uz muxbiri dovonda bo‘lib, u joydan reportaj tayyorladi.

O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi Qamchiq dovonida noqulay ob-havo sharoiti kuzatilishini ma'lum qildi. Unga ko‘ra, 12–13 noyabrda A-373 Toshkent–O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi haqida ma'lumot berilgan. 

Kun.uz muxbiri 13 noyabr, juma kuni Qamchiq dovonida bo‘lib, avtotransport vositalari harakat xavfsizligini kuzatdi. Shuningdek, qorga o‘ralgan baland tog‘larda paydo bo‘lgan chiroyli manzarani tasvirga tushirdi. 

13 noyabr kuni ertalab dovonda tuman tushib, ko‘rish darajasi 50-100 metrgacha pasaydi. Ayrim joylarda  qor uyumlari, muzlamalar hosil bo‘lgan. 

Shu yili ilk qor-yomg‘ir Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida 10 oktyabr kuni kuzatilgandi. Qamchiq dovonida shu mavsumning ilk qor yog‘ishi esa 18 sentyabrda kuzatilgandi

Mavzuga oid