O‘zbekiston | 13:42 / 18.11.2020
41142
1 daqiqa o‘qiladi

Maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari: «Obqochishga majburmiz endi, nima qilamiz?»

Bugun, 18 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining 9 oydagi ijrosi ko‘rib chiqilmoqda.

Foto: KUN.UZ /arxiv

Tadbir doirasida, deputat Doniyor G‘aniyev savol berayotgan paytda maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari Maqsud Yo‘ldoshev kamera mikrofonini o‘chirishni yoddan chiqarib qo‘ydi. Majlis Youtube orqali jonli efirga uzatilayotgan edi.

Vazir o‘rinbosari Maqsud Yo‘ldoshev o‘sha paytda qo‘ng‘iroq qilgan Xurshid ismli shaxsga javob berar ekan, “Obqochishga majburmiz endi, nima qilamiz”, degan so‘zlari to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga ketdi.

Maqsud Yo‘ldoshev katta ehtimol bilan o‘zining savolga javobini nazarda tutgan.

Mavzuga oid