Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada karantin choralari yumshatiladi
Jamoat markazlari, kutubxonalar, teatr, kinoteatr, muzey, basseynlar, ko‘ngilochar parklar ishlashiga ruxsat berilmoqda.
Niderlandiya hukumati koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish doirasida kiritilgan karantin choralarini qisman yumshatishga qaror qildi. Bu haqda NL Times nashri yozmoqda.
"Raqamlar hali ham juda yuqori, ammo pasayish bo‘layotgani yaxshi. Dekabr o‘rtalarida ehtiyotkorlik bilan oraliq qadamni qo‘yishga umid qilmoqdamiz", - dedi mamlakat bosh vaziri Mark Ryutte.
Karantin choralari 17 noyabrdan boshlab yumshatiladi.
Xususan, jamoat markazlari, kutubxonalar, teatr, kinoteatr, muzey, basseynlar, ko‘ngilochar parklar ishlashiga ruxsat beriladi.
Restoran va qahvaxonalar hozircha ochilmaydi. Ommaviy tadbirlar o‘tkazishga ham ruxsat berilmaydi.
Cheklovlar 8 dekabrda yana bir bor ko‘rib chiqiladi.
Niderlandiyada oktyabr oxiri bilan solishtirganda, kasallanish holatlari aniqlanishi kamayib bormoqda. O‘shanda kuniga 10-11 ming holat qayd etilgan bo‘lsa, oxirgi haftada 5-6 mingga yaqin bemor aniqlandi.
Mavzuga oid
13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti
11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
00:31 / 30.04.2025
Niderlandiyadagi muzeyda bola 50 mln yevrolik kartinaga shikast yetkazdi
00:22 / 25.04.2025