Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyadagi avtohalokat 37 kishining umriga zomin bo‘ldi
Braziliyaning San-Paulu shtatida joylashgan Taguai shahrida yuz bergan avtohalokatda 37 kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi jarohatlandi. 25 noyabr mahalliy vaqt bilan soat 7da avtobus va yuk mashinasi ishtirokida to‘qnashuv yuz bergan.
Yo‘l-transport hodisasi olisroq hududda yuz bergan. Ta'kidlanishicha, u San-Paulu shtatida joriy yilda yuz bergan eng yirik avtohalokat bo‘ldi.
Avtobus to‘qimachilik kompaniyasining 52 xodimini olib ketayotgan bo‘lgan.
Jarohatlanganlar yaqin oradagi shifoxonalarga yetkazilgan. Avtohalokat sabablari aniqlashtirilmoqda. Politsiyaning fikricha, fojiaga bir transport vositasining ikkinchisini quvib o‘tishga urinishi sabab bo‘lgan.
Voqea joyida yo‘l politsiyasining qutqaruvchilari, o‘t o‘chiruvchilar va vertolyotlar ish olib borgan.
Taguai meriyasi fojia munosabati bilan 3 kunlik motam e'lon qilgan.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025