Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyaxu BAA va Bahraynga tashrif buyuradi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu kelasi haftada Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Bahraynga tashrif buyuradi. Bu haqda Israel Hayom gazetasi xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Isroil bosh vaziri birinchi marta Abu-Dabi va Manamaga ochiq tarzdagi tashrifini amalga oshiradi.
Ta'kidlanishicha, Netanyaxu «tarixiy» deb ta'riflagan ushbu tashriflar doirasida BAA valiahd shahzodasi Muhammad bin Zayd va Bahrayn qiroli Hamid bin Iso al-Xalifa bilan uchrashadi.
“Ushbu tashrif Isroil parlamentining tashqi va xavfsizlik qo‘mitasi raisi Zvi Hauser va BAA parlamentining mudofaa, ichki ishlar va tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Ali Rashid an-Nuaymi o‘rtasidagi uchrashuvda tasdiqlandi”, – deyiladi Isroil hukumati xabarida.
15 sentyabr kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan marosimda Isroil va Bahrayn munosabatlarni yaxshilash to‘g‘risidagi bitimni imzolagan edi.
Mavzuga oid
10:12 / 20.05.2025
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025