O‘zbekiston | 15:57 / 25.11.2020
26763
1 daqiqa o‘qiladi

Shahrisabz shahriga yangi hokim tasdiqlandi

Bugun, 25 noyabr kuni, xalq deputatlari Shahrisabz shahar kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Akrom Sulaymonov Shahrisabz shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

A.Sulaymonov 1969 yilda Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. U Respublika “O‘zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasi ijrochi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Avvalroq, Shahrisabz shahar hokimi To‘lqin Karimov viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid