Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston parlamenti mamlakatdagi harbiy holatni bekor qilishni rad etdi
Muxolifatchi fraksiyalarning fikricha, hukumat harbiy holatdan bosh vazir Nikol Pashinyanning iste'fosi talab qilingan miting va namoyishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun foydalanmoqda.
Armaniston parlamenti navbatdan tashqari yig‘ilishida mamlakatda 27 sentyabrda e'lon qilingan harbiy holatni bekor qilishni rad etdi.
“36 nafar deputat harbiy holatni bekor qilish uchun ovoz berdi, 56 nafar deputat qarshi bo‘ldi”, – dedi parlament vitse-spikeri Alen Simonyan.
Ushbu tashabbusni parlamentga ilgari surgan muxolifatchi fraksiyalarning fikricha, hukumat harbiy holatdan bosh vazir Nikol Pashinyanning iste'fosi talab qilingan miting va namoyishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun foydalanmoqda.
Mamlakat Mudofaa vazirligining ta'kidlashicha, Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bayonot imzolanganidan keyin Armaniston va Ozarboyjon yangi chegaralarga ega bo‘ldi, bu chegaralarni himoya qilish uchun harbiy holat davom etishi lozim.
27 sentyabrda Tog‘li Qorabog‘da vaziyat keskinlashib, Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar boshlangandi. 9 noyabrda Rossiya, Armaniston va Ozarboyjon yetakchilari Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladi. Armaniston va Ozarboyjon harbiy bo‘linmalari egallab turgan joylarida qoldi, mintaqaga rossiyalik tinchlikparvarlar joylashtirildi.
Mavzuga oid
21:45 / 22.04.2025
Armaniston parlamentida deputatlar janjallashib ketdi
07:43 / 21.04.2025
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi
16:44 / 16.04.2025
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik 6 avgustgacha uzaytirildi
16:59 / 15.04.2025